
- Yoʻnalish
- Noturar
- Joylashuv
- Toshkent
- Holati
- Qurib bitkazilgan
- Yil
- 2025
- Maydon
- 750 m²
Loyiha haqida

Bajarilgan ishlar
- 01Interyer dizayni
- 02Mebel va yoritish tanlovi
- 033D vizualizatsiya
Ochiq ish zali shiftdagi uzun yorugʻlik chiziqlari bilan tartibga solingan — ular ish oʻrinlari qatorlarini takrorlaydi va katta makonga aniq yoʻnalish beradi. Stol qatorlari orasidagi oʻsimliklar zalni boʻlimlarga ajratadi, yogʻoch panellar esa unga iliqlik qoʻshadi.
Katta majlis zali ofisning eng tantanali xonasi: toʻq yashil marmar devor, uzun stol va shift ostidagi haykalsimon qandil. Kichik majlis xonasida dumaloq stol va billur qandil suhbat uchun sokin muhit yaratadi. Rahbar xonasi toʻq yogʻoch va ochiq rangli mebel uygʻunligiga qurilgan.





















