Byuro haqida
- Studiya
- Finur architects
- Yõnalişlar
- Arxitektura, Interyer, Rezidensiya
- Manzil
- Toşkent şahri
- Aloqa
- finurarchitects@gmail.com · +998 99 301 90 55
Arxitektura — hayotning şaklga kelgan kõrinişi
Har bir loyihani joyning tabiati, yoruğligi va buyurtmaçining hayot tarzidan boşlaymiz. Natijada aniq, tinç va uzoq yillar xizmat qiladigan arxitektura paydo bõladi.
Jamoamizda arxitektorlar, interyer dizaynerlari va muhandislar birga işlaydi. Oçiq muloqotni, muddatga rioya qilişni va natija sifatini qadrlaymiz.

Islomjon Musayev
Men uçun har bir loyiha qadrli. U kiçik bõlsa ham, unga bor mehrimni berişga harakat qilaman.
Loyihalarimizdan mijozlarimiz xursand bõlişini va ular real hayotda insonlarga xizmat qilayotganini kõriş — eng yaxşi tuyğulardan biri.
Maqsad va rejalarimiz katta, şu yõlda doim mehnat va izlanişdamiz. Arxitektura va dizaynni rivojlantirişda yonimizda yelkama-yelka turgan jamoa aʼzolarimizdan hamda bizga işonç bildirgan mijozlarimizdan doim minnatdormiz.

[ Raqamlarda ]

Qanday işlaymiz
- 01
Tanişuv va vazifa
Buyurtmaçi bilan uçraşamiz, joyni kõramiz, ehtiyoj va byudjetni aniqlaymiz.
- 02
Konsepsiya
Ğoya, rejalaştiriş va hajmni eskiz hamda 3D tasvirlarda taklif qilamiz.
- 03
Işçi loyiha
Quriliş uçun barça çizmalar, materiallar rõyxati va smeta tayyorlanadi.
- 04
Mualliflik nazorati
Quriliş davomida obyektga çiqib, loyihaning aniq bajarilişini kuzatamiz.
- 05
Topşiriş
Tayyor makonni buyurtmaçiga topşiramiz va keyin ham aloqada qolamiz.
[ Yõnalişlar ]
- 01ArxitekturaBinolarning taşqi qiyofasi va hajmi: jamoat, tijorat va turar joy obyektlarini ğoyadan işçi loyihagaça.
- 02InteryerIçki makon dizayni: kvartira, penthaus, restoran va ofislar — rejalaştiriş, yoruğlik, mebel va materiallar.
- 03RezidensiyaXususiy villa va haşamatli uylar: arxitektura, interyer va landşaft bitta yaxlit loyihada.